Volkan Bozkir Afg’onistonda ro’y berayotgan hodisalarga munosabat bildirdi

BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir Afg’onistonda ro’y berayotgan hodisalar mamlakatda tinchlik o’rnatishga bo’lgan umidlarni puchga chiqarganligini ta’kidladi.

1698453

“Afg’on xalqi shu kunlarda xalqaro hamjamiyatning yordamiga har doimgidan ham ko’proq muhtoj ahvolda”,-dedi Volkan Bozkir.

Uning so'zlariga ko'ra, poytaxt Kobuldagi aeroportga uyushtirilgan hujumlar "o’ta vahimali". Ushbu ayanchli va qabul qilib bo'lmaydigan hodisa evakuatsiya ishlarini yanada murakkablashtiradi.

Bozkir zo'ravonlik, terror tahdidi, beqaror xavfsizlik holati va tinch aholi qurbonlarining ortishi Afg'oniston rahbarligidagi doimiy tinchlik va barqarorlikni xavf ostiga qo'yganiga e'tibor qaratdi.

U barcha etnik va siyosiy guruhlarni, Afg'oniston rahbariyatini afg'on xalqi va mintaqa tinchligi, xavfsizligi va farovonligi uchun yig'ilish imkoniyatini boy bermaslikka chaqirdi.

Afg'on xalqining, ayniqsa, ayollar va bolalarning huquq va erkinliklarini himoya qilish birinchi o'ringa qo'yilishi kerakligini ta'kidlagan Bozkir, bu barqaror tinchlik va har tomonlama rivojlanishning ajralmas sharti ekanligini qayd etdi.

Uning ta’kidlashicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu murakkab davrda afg'on xalqiga astoydil yordam ko'rsatishi kerak.

Tanlangan kalimalar: #Kobul , #Afg'oniston , #Volkan Bozkir

Aloqador xabarlar