Turk harbiylari Afg‘onistondagi burchini ado etib vataniga qaytdi

Afg'onistonda xizmat qilgan turk harbiylarning bir guruhi bugun Turkiya vaqti bilan soat 11:45da Turk Havo Yo’llarining “TK6889” sonli reysida poytaxt Anqaradagi Esenbo’g’a aeroportiga qo’ndi.

1697755
Turk harbiylari Afg‘onistondagi burchini ado etib vataniga qaytdi

 

Turk harbiylari Afg‘onistonda o‘z burchini muvaffaqiyatli ado etib, vataniga qayta bosladi.

Turkiya mudofaa vazirligi 25-avgustda Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaganini ma'lum qildi. Turkiya fuqarolarini mamlakatdan evakuatsiya qilish yakunlanishi ortidan Kobul aeroportidan turk harbiylarni evakuatsiya qilish boshlandi.

Turkiya havo-harbiy kuchlariga oid samolyotda Kobuldan Pokiston poytaxti Islomobodga parvoz qilgan turk harbiylari u yerdan Turk Havo Yo’llarining “TK6889” sonli reysida poytaxt Anqaraga parvoz qildi.

Samolyot bortida 345 nafar harbiy mavjud bo’lib, ular bugun Turkiya vaqti bilan soat 11:45da Esenbo’g’a aeroportiga qo’ndi.

Avvalroq, Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Turk harbiylari Afg‘onistonda o‘z burchlarini muvaffaqiyatli ado etib, o‘z vataniga mag‘rurona qaytmoqdalar. Muzokaralar o‘tkazilib, mavjud vaziyat va yaratilgan sharoitlar diqqatga olingach, turk harbiylarini evakuatsiya qilish boshlandi”, -deb ma’lum qilgandi.

Uning ta’kidlashicha, turk qo‘shinlarini tig’iz muzokaralar va mavjud qaltis vaziyat baholangandan keyin Afg’onistondan olib chiqishga qaror qilingan.

Eslatish joizki, Turkiya 2002-yil iyun oyida NATOning nojangovar missiyasida ishtirok etishi uchun Afg’onistonga harbiy yuborgandi. Turk harbiylariga Afg‘oniston hukumat qo‘shinlarini tayyorlash vazifasi topshirilgan. 1400 harbiydan iborat bo’lgan turk qo’shini tarkibida Kobul aeroportini qo’riqlash vazifasi yuklatilgan Turk havo-harbiy kuchlari xodimlari ham bor. Harbiylar Afg‘onistonda 2002 yildan beri xizmat olib borishgan.

Turkiya AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgach, Kobul aeroportini qo‘riqlashni taklif qilgan, biroq Tolibon harakati 15-avgustda Kobul nazoratini qo’lga olgach, Turkiya bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish istagi borligini, lekin turk harbiylarini Afg‘onistonda ko‘rishni xohlamasligini aytgandi.
 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #turk harbiylar , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar