Prezident Erdo'g'an, IDEF'21 15 -Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasining ochilishiga ishtirok etdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, terror bilan kurashish nomi bilan, mamlakat chegaralaridan o'n minglab kilometr uzoqlikdagi odamlarga, fuqaro yoki begunoh demasdan, bombalar yog'dirganlar orasida emasliklarini  va hech qachon bo'lmaganliklaini  bildirdi

1692741
Prezident Erdo'g'an, IDEF'21 15 -Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasining ochilishiga ishtirok etdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, terror bilan kurashish nomi bilan, mamlakat chegaralaridan o'n minglab kilometr uzoqlikdagi odamlarga, fuqaro yoki begunoh demasdan, bombalar yog'dirganlar orasida emasliklarini  va hech qachon bo'lmaganliklaini  bildirdi.

Erdo'g'an, IDEF'21 15 -Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasining ochilish marosimidagi  o’z nutqida, Turkiyaning mudofaa sanoati sohasida ishlab chiqqan barcha imkoniyat va qobiliyatlarni  do'stlari bilan bo'lishishdan mamnun bo'lgan  bir mamlakat ekanini ta'kidladi.

"O'ylaymizki, mintaqamizda va dunyoda tinchlik, barqarorlik va ishonch muhitining o'rnatilishi mudofaa sanoatida adolatli muvozanatning o'rnatilishiga bog'liq. Turkiya mudofaa sanoatida  va boshqa ko'plab sohalarda bo’lganidek go’yo bir inqilob qildi. oxirgi 19 yilda  biz  juda yaxshi  bir  nuqtaga kelganmiz" deya qayd etdi.

Mudofaa sanoati sohasida tashqi qaramlikni 80 foizdan 20 foizgacha kamaytirishga muvaffaq bo'lganliklarini aytgan Prezident,

"Biz qurolli uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bo'yicha dunyodagi birinchi 3-4 mamlakatlar qatoriga qo'shildik. dedi.

Erdog'an,

"Bir tomchi  neftni  bir tomchi qondan yana  yaxshi deb  ko'rish mentaliteti bizning dunyomizda, jamiyatimizda va davlatimizda  o’rinni  yo'q. Biz hech qachon o'n minglab kilometr uzoqlikdagi odamlarga bomba yog'dirganlardan bo'lmaganmiz. chegaralarda, terrorchilikka qarshi kurash nomi bilan, tinch yoki begunoh deb demasdan odamlarga  bomba yog’dirgan bo’lmadik  deya  qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar