Turkiya Chad Respublikasiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Chad Respublikasida "Boko Harom" radikal guruhi tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.

1686614
Turkiya Chad Respublikasiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Chad Respublikasida "Boko Harom" radikal guruhi tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.

"Kecha, 5-avgust kuni Chad Respublikasining Kamerun bilan chegaradosh Chad ko'li havzasida "Boko Harom" radikal guruhi tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatida o'nlab askarning halok bo'lganligidan boxabar bo'ldik. Shuningdek, ko'plab insonning jarohatlanganini o'rgandik. Ushbu terrorchilik harakatini qoralaymiz. Halok bo'lganlarning oila-a'zolari va yaqinlariga, Chad hukumati va xalqiga chuqur ta'ziya bildiramiz. Yaradorlarga shifo tilaymiz",-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, kecha, 5-avgust kuni Chad Respublikasining Kamerun bilan chegaradosh Chad ko'li havzasida Boko Harom radikal guruhi tomonidan terrorchilik harakati sodir etildi. Hujumda ko'plab askar halok bo'ldi.


Ma'lumot uchun, Chad Respublikasi, Nigeriya va Kamerun davlatlarida “Boko Harom” ekstremistik guruhi jangarilari harakat qiladi. Ular 2009 yildan beri Chad ko‘li atrofida joylashgan davlatlarda 27 mingdan ko‘proq odamni o‘ldirgan, 2,6 mlnga yaqin odam qochqinga aylangan. Jangarilar tinch aholi va huquq-tartibot idoralariga ko‘plab hujumlar, ayollarning o‘g‘irlanishi uchun javobgar hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Boko Harom , #Chad Respublikasi , #Turkiya

Aloqador xabarlar