Bekir Pakdemirli:"33 shaharda 167ta yong’in o’chog’i bartaraf etildi"

Turkiya janubida bir necha kundir davom etayotgan o’rmon yong’inlarini o’chirish faoliyatlari jadallik bilan olib borilmoqda. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 33 shahardagi 167ta yong’in o’chog’i bartaraf etildi.

1685976

Bu haqda Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli ma’lum qildi.

Pakdemirli Twitter orqali o’rmon yong’inlari bo’yicha so’nggi ma’lumotlar o’rin olgan jadvalni taqdim etdi.

“O’t o’chiruvchilar 33 shaharda 167ta yong’in o’chog’ini bartaraf etishga muvaffaq bo’ldi. Qahramonlarimiz 7 viloyatda davom etayotgan 16ta yong’in o’chog’ini bartaraf etish uchun astoydil kurashmoqda”,-dedi Bekir Pakdemirli.

Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar