Erdo’g’an Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich bilan muloqot qildi

Erdo’g’an suhbat avvalida Turkiyada sodir bo’lgan o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda ko’maklashgan Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovichga minnatdorlik bildirdi.

1684406
Erdo’g’an Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti ma’lum qilishicha, Erdo’g’an suhbat avvalida Turkiyada sodir bo’lgan o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda ko’maklashgan Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovichga minnatdorlik bildirdi.

Erdo’g’an “Ittifoqdoshlik munosabatlari mana shunday qiyin kunlarda o’zgacha ma’no kasb etadi”,-dedi.

Ta’kidlash joizki, Xorvatiya o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Turkiyaga o’t o’chiruvchi samolyot yuborgandi.



Aloqador xabarlar