Turkiyaning 12 ta viloyatida odamlarning o‘rmonga kirishi taqiqlandi

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari davom etayotgani bois mamlakatning 12 ta viloyat hokimiyati odamlarning o‘rmon hududlariga borishini taqiqlab qo‘ydi.

1683774
Turkiyaning 12 ta viloyatida odamlarning o‘rmonga kirishi taqiqlandi

 

Istanbul, Chanoqqal’a, Balikesir, Kojaeli, Izmir, Bursa, Oydin, Xatay, Konya, Ushak, Kirklareli va Gazeantep viloyatlari ma’muryati tarqatgan xabarga ko‘ra, fuqarolarning o‘rmon hududlariga borishi taqiqlanadi. Ushbu tartib avgust oxirigacha amalda bo‘lishi aytilmoqda. Ayrim viloyatlarda esa bu haqda alohida ko‘rsatma beriladi.

Avvalroq Turkiya qishloq-xo‘jaligi va o‘rmonchilik vaziri Bekir Pakdemirli mamlakat janubida uchta viloyatda 6dan ortiq yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish davom etayotganini ta’kidlagan edi.  

Yong‘in Turkiyaning mashhur  Bodrum va Marmaris dam olish zonalariga ham katta ziyon yetkazdi. Mahalliy aholi va sayyohlar xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Bodrum meri Axmet Arasning ma’lum qilishicha, ayni damda Bodrum shahri atrofida o‘rmon yong‘inlari o‘chirilgan, sayyohlar mehmonxonalarga qaytib kelgan.


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar