Turkiyaning Antaliya shahrida o‘rmon yong‘inlari sodir bo'ldi

Yong‘inlar shuningdek, Mug‘la, Bodrum, Didim, Aydin, Mersin, Kayseri, Kutahiya, Marmaris, Osmaniya va Adana viloyatlarida ham qayd etilgan.

1682423
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘rmon yong‘inlari sodir bo'ldi

 

Turkiyaning Antaliya shahriga qarashli Manavgat tumanida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sodir bo’ldi. So‘nggi ikki kundan beri davom etayotgan yong’inlarda yuzlab gektar o‘rmonlar zarar ko’rdi.

Hatto, olovlar Antaliyaning mashhur mehmonxonalar joylashgan turistik hududigacha yetib kelgan.

Yong‘inlar shuningdek, Mug‘la, Bodrum, Didim, Aydin, Mersin, Kayseri, Kutahiya, Marmaris, Osmaniya va Adana viloyatlarida ham qayd etilgan.

Hozirga qadar 20ta qishloqdagi aholi evakuatsiya qilinib, 60dan ortiq kishi tan jarohati olgan. Ular turli darajada kuyish va nafas olish muammolari bilan kasalxonaga yotqizilgan, 4 kishi vafot etgan. 

Marmarisdagi bir nechta mehmonxonalar yong‘inlar sababli turistlarni evakuatsiya qilmoqda

Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li hamda atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Kurum Manavgat tumanidagi o’rmon yong’inlari talofatlari bo’yicha jurnalistlarga ma’lumot berdi.

Vazir Bekir Pakdemirlining ta’kidlashicha, 27-28 iyul kunlari Turkiya miqyosida jami 17ta viloyatning 53 nafar hududida o’rmon yong’inlari sodir bo’lgan. Ulardan 38ta hududdagi yong’inlarni o’chirishga muvaffaq bo’lingan.

Uning so’zlariga ko’ra, hodisa oqibatida 4 kishi halok bo’lgan. Antalyadagi yong‘inlarni o’chirish uchun 3ta o’t o’chiruvchi samolyot, 38ta vertolyot, 472ta o’t o’chiruvchilar xizmatiga oid transportlar va 4 ming mutahassis safarbar etilgan.

Yong‘inlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash bo‘yicha keng ko’lamli tergov boshlandi. 


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Turkiya , #Antaliya

Aloqador xabarlar