Shentop: Armaniston hujumkorona siyosati orqali hech nimaga erisholmaydi

Mustafa Shentop Armaniston ishgʻolidan qutqarilgan Ozarbayjonning Shusha shahriga tashrif uyushtirdi.

1682495
Shentop: Armaniston hujumkorona siyosati orqali hech nimaga erisholmaydi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop, Armanistonning hujumkorona siyosati orqali hech nimaga erisholmasligini qayd etdi.

Mustafa Shentop Armaniston ishgʻolidan qutqarilgan Ozarbayjonning Shusha shahriga tashrif uyushtirdi.

Tarixiy joylarni tomosha qilib, Armaniston bergan ziyonlarga guvoh boʻlgan Shentop, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasiga (TRT) intervyu berdi.

Shentop, shaharga katta ziyon yetkazilganiga e’tibor qaratgan holda:

“Goʻyo tosh ustida tosh qolmagandek. Bir yer, bir makon va bir shaharga haqiqatdan ega ekaniga ishonganlar qilmaydigan ishdir bu. Barbarlik”! - deya gapirdi.

Ozarbayjon va Pokiston majlis raislari bilan birgalikda shaharning muhim nuqtalarida boʻlgan Shentop,

“Koʻplab qayta tiklash faoliyatlari bor. Bir necha oyda qadimiy bu shaharning, bu madaniy poytaxtning, ham madaniy ham da turistik nuqtai nazaridan oʻziga xos, avvalgi holiga keltirilishiga ishonchim komil”. - dedi.

Armanistonning hujumkorona siyosati orqali hech nimaga erisholmasligini qayd etgan Shentop, mintaqada butunlay tinchlik oʻrnashining qanchalik muhim ekaniga e’tibor qaratgan holda:

“Ozarbayjon xalqaro huquq va tarix jihatidan ham oʻz tuproqlarini ishgʻoldan qutqargan boʻldi. Bu mintaqada doimiy tinchlikka aylanishi kerak. Bundan eng koʻp foydalanuvchi ham Armaniston xalqidir”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Shusha , #Mustafa Shentop

Aloqador xabarlar