Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan bugun ShKTRda

Prezident Erdoʻgʻan, “Erjan” aeroportida ShKTR Prezidenti Ersin Tatar tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1677515
Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan bugun ShKTRda
erdogan kktc.jpg
erdogan kktc1.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bugun amaliy tashrif bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (ShKTR) joʻnab ketdi.

Prezident Erdoʻgʻan, “Erjan” aeroportida ShKTR Prezidenti Ersin Tatar tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Aeroport va atrofida koʻplab yurttoshlar ham Prezident Erdoʻgʻanni bayroqlar va olqishlar bilan qarshi oldi.

Tashrif doirasida Prezident Erdoʻgʻan, ShKTR Respublika Majlisining maxsus sessiyasida nutq soʻzlaydi. Erdoʻgʻan nutqi davomida bir suyunchli xabarni ovoza qiladi.

Erdoʻgʻan shuningdek, 20-iyul “Tinchlik va ozodlik kuni” munosabati bilan boʻlib oʻtadigan marosimda ishtirok etadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bilan ShKTR Prezidenti Ersin Tatar uchrashuv chogʻida, Sharqiy Oʻrta yer dengizidagi oxirgi vaziyatlardan tashqari Turkiya bilan Shimoliy Kipr oʻrtasidagi munosabatlarni har tomonlama muhokama qiladi. Bundan tashqari Kipr ishi ustidan fikr almashiladi.

Tashrifi davomida Erdoʻgʻan, ShKTR Prezidenti Ersin Tatar bilan birgalikda ShKTRda yoʻlga qoʻyilishi tamomlangan turli loyihalarning ochilish marosimlari va tamal toshi qoʻyish tadbirlari uchun uyushtiriladigan marosimlarda qatnashadi.  

 


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar