Mavlud Chavusho’g’li Toshkentda Afg’oniston prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar Afg‘onistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog‘liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tinchlik va mintaqaviy aloqalar o‘zaro bir-birini  mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

1676085
Mavlud Chavusho’g’li Toshkentda Afg’oniston prezidenti bilan uchrashdi

 

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentda bo’lib turgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi. Shuningdek, Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar bilan uchrashdi.

Tomonlar Afg‘onistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog‘liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tinchlik va mintaqaviy aloqalar o‘zaro bir-birini  mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali mazkur uchrashuv tafsiloti haqida ma’lum qilar ekan, unda Afg’onistonda doimiy tinchlik va barqarorlik o’rnatish yo’lidagi tashabbuslar muhokama qilinganligini qayd etdi.

“Do’st va qardosh Afg’onistonni qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”,-deydi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

Bundan tashqari, Mavlud Chavusho’g’li Belorus bosh vazirining birinchi o’rinbosari Nikolay Snopkov bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalari ko’rib chiqildi.

“Munosabatlarimizni o’zaro manfaatli hamkorlik asosida yana-da rivojlantiramiz”,- deydi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.



Aloqador xabarlar