Prezident Erdo‘g‘an 15-iyulning ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya Buyuk Millat Majlisida (TBMM) 15-iyul shahidlarini yodga olish dasturida nutq so‘zladi.

1675784
Prezident Erdo‘g‘an 15-iyulning ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, 2016-yilning 15-iyuli kuni Fetullahchi terror tashkilotining (FETÖ) to‘ntarish tashabbusiga qarshi qo‘lga kiritilgan g‘alabaning xalqning, milliy irodaning g‘alabasi ekanini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya Buyuk Millat Majlisida (TBMM) 15-iyul shahidlarini yodga olish dasturida nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an unda.

15-iyul xalq, milliy iroda va demokratiyani sevganlar g‘alabasidir. 15-iyul haqning botilga, adolatning zulmga, istiqlolning istisqolga g‘olib bolishining nomidir. Xalqimiz 15-iyuldagi harakati orqali ham to‘ntarish tashabbusiga to‘siqlik qildi ham da yurtimizni bosib olishni ko‘zda tutgan bir ishg‘ol tashabbusiga monelik qildi. Yosh-qari demay bu xalq Turkiyani bosib olishning imkonsiz ekanini butun dunyoga yana bir bor ko‘rsatdi”. - dedi.

“Turk xalqi ko‘chada istiqlolini himoya qilar ekan deputatlar ham bu muqaddas binoda (TBMM) demokratiyani, milliy irodani saqlab qoldi”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an:

“Deputatlarimiz g‘oziy majlisimizning shoniga yarashgan ravishda, tepalariga otilgan bombalarga qaramay xalq omonatini tashlab qo‘ymadi. Shu fursatdan foydalanib ana shu kuni kechasi barcha to‘siqliklarni oshib, tanklar atrofida aylanib TBMMga kelgan va deputatlik javobgarchiligini bajargan hammaga shaxsim, xalqim va yurtim nomidan minnatdorchilik bildiraman”. - dedi.

Erdo‘g‘an,

“Tarix 15-iyul kuni kechasi yaratilgan boshqa qahramonliklardek g‘oziy majlisimiz binosida namoyish etilgan bu birdamlikni ham oltin harflar bilan qalamga oladi. Istiqlol kurashimizni boshqargan Buyuk Millat majlisimiz a’zolari, undan beri o‘tgan davrga qaramay haligacha hurmat bilan yodga olinayotgan bo‘lsa unda yangi Turkiyaning istiqbol kurashi rahbarlari ham Xudo xohlasa har doim minnatdorchilik bilan yodga olinadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #15-iyul

Aloqador xabarlar