Hulusi Akar: “Afg‘on birodarlarimizning tinchligi va xavfsizligini xohlaymiz”.

Hulusi Akar poytaxt Anqarada Afg‘onistondagi vaziyat haqida bayonot berdi.

1674736
Hulusi Akar: “Afg‘on birodarlarimizning tinchligi va xavfsizligini xohlaymiz”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning qayd etishicha, Afg‘onistondagi Hamid Karzai xalqaro aeroportining ishlashi bo‘yicha muzokaralar ijobiy tusda rivojlanmoqda.

Hulusi Akar poytaxt Anqarada bergan bayonotida, muzokaralarning Turkiya xohlaganidek ijobiy va konstruktiv tarzda davom etayotganini ta’kidlab:

“Afg‘on birodarlarimizning tinchligi va xavfsizligini xohlaymiz”. – dedi.

Akar:

“Agar aeroport yopilsa unda butun Yevropa ittifoqi, NATO a’zolari va boshqa mamlakatlar u yerdagi diplomatik vakolatxonalarini bekitishga majbur bo‘ladi. Chunki xavfsizlik, aloqa va transportsiz joyda qolomaydilar. Aks holda, u yer izolyatsiya qilingan davlatga aylanadi Buning esa qabul qilinishi imkonsiz”. – deya gapirdi.

Turkiyaning Afg‘onistonda 20 yildan beri hech qanday jangovar tusda vazifa olmaganini belgilab o‘tgan Hulusi Akar, aeroportning mintaqada sog‘liqni saqlash, ta’lim va logistika nuqtai nazaridan mintaqadagi muhim darvoza ekanini ifoda etgan holda:

“Aeroportning ishlashini xohlaymiz. U yerda Afg‘oniston hukumati bor, Tolibon bor. O‘zgaruvchan harbiy, siyosiy va xavfsizlik sharoitlari mavjud. Maslahatlashmay turib biron nima degudek bolsak unda keyinchalik bir necha muammoga yo‘l ochishi mumkin. Shunday ekan ham afg‘onistonlik birodarlarimiz ham da NATO, Yevropa ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlar bilan muzokara qilyapmiz”. – dedi.    

Hulusi Akar, so‘nggi paytlarda Afg‘onistonda Tolibonning o‘z ta’sirini kengaytirganiga e’tibor qaratgan holda:

“Tolibon asta-sekin ta’sir sohasini kengaytirmoqda. Rasmiy hisobotlarda emas lekin buning bir necha izlariga guvoh bo‘lyapmiz. Biz ham voqealarni kuzatyapmiz. O‘zbekiston bilan Tojikistonning chegara xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. U yerdan biron bir ko‘chishlar kuzatilgudek bo‘lsa unda bu tomon kelish ehtimoli yuqori. NATOning 360 daraja teoriyasi doirasida faoliyatlarimizni davom etyapmiz. Hech qanday muammo yo‘q”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar