AQSh Mudofaa vazirligi Kobul Hamid Karzay aeroporti uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbi Kobul Hamid Karzay aeroportining xavfsizlik ishlashi uchun Turkiyaga qo'llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

1674496

AQShning Afg'onistondan chiqib ketishi bilan, Kobul Hamid Karzay aeroportini himoya qilish masalasi  bo’yicha nigohlar Turkiyaga qaratilgan.

Kundalik matbuot anjumanida AQSh Mudofaa vazirligi vakili Kirbi ushbu masalanı muhokama qilar  ekan, Kobul aeroportida hali ham amerikalik askarlar borligini va u yerdagi askarlarning ahvoli chekinish tugagandan so'ng baholanishini bildirdi. Kirbi,

"Biz hali ham turklar bilan aeroportda xavfsizlikning  qanday bo'lishi to'g'risida muzokaralar olib bormoqdamiz va biz ushbu harakatlarni boshqarishga tayyor ekanliklari uchun ularga minnatdormiz." u aytdi.

AQSh Davlat departamentining kunlik matbuot anjumanida Turkiyaning ushbu masalani qo'llab-quvvatlashi ham kun tartibida edi dedi matbuot kotibi Ned Prays.

"Afg'onistondan chiqish va o u yerda  keng ko'lamli xavfsizlik vaziyati borasida albatta, Turkiyaning konstruktiv rolini hamda diplomatik jarayonni qo'llab-quvvatlashini mamnuniyat bilan qabul qilamiz." iboralarni ishlatgan.

Tanlangan kalimalar: #Minnatdorchilik , #Aerport , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar