Hulusi Akar Albaniya mudofaa vaziri Niko Peleshi bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

1672529
Hulusi Akar Albaniya mudofaa vaziri Niko Peleshi bilan muloqot qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Albaniya mudofaa vaziri Niko Peleshi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“8-iyul kuni Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan Albaniya mudofaa vaziri Niko Peleshining telefon orqali muloqoti bo’lib o’tdi. Suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Afg’onistondagi vaziyat hamda mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha fikr almashildi”,-deyiladi xabarda.


Tanlangan kalimalar: #Niko Peleshi , #Hulusi Akar , #Albaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar