Hulusi Akar Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Fernandez bilan muloqot qildi

Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog’ida NATO va Yevroittifoq bilan munosabatlar, shuningdek Afg’onistondagi vaziyat muhokama qilindi.

1671716
Hulusi Akar Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Fernandez bilan muloqot qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 7-iyul kuni Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles Fernandez bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog’ida NATO va Yevroittifoq bilan munosabatlar, shuningdek Afg’onistondagi vaziyat muhokama qilindi.

“Tomonlar muloqot chog’ida Turkiya bilan NATO va Yevropa Ittidoqi munosabatlarining bugungi holati, shuningdek Afg’oniston mojarosini hal qilishning hozirgi holati, istiqbollari hamda mintaqada tez muddatda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashuvchi choralar bo’yicha fikr almashildi”,-deyiladi xabarda.

Suhbat har doimgidek, ochiq, konstruktiv va do’stona ruhda bo’lib o’tdi.



Aloqador xabarlar