Akar: Afgʻonistondagi xalqaro aeroportning xavfsizligi ustidan muzokaralar davom etmoqda

Hulusi Akar Qirgʻiziston va Tojikistonga uyushtirgan rasmiy tashriflari bilan kun tartibidagi oʻzgarishlarni baholadi.

1668590
Akar: Afgʻonistondagi xalqaro aeroportning xavfsizligi ustidan muzokaralar davom etmoqda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Afgʻonistondagi Hamid Karzai xalqaro aeroportining ishlashi va xavfsizligi ustidan muzokaralarning davom etayotganini bildirdi.

Hulusi Akar Qirgʻiziston va Tojikistonga uyushtirgan rasmiy tashriflari bilan kun tartibidagi oʻzgarishlarni baholadi.

Tashriflari chogʻida samimiy va yaqin muomalada kutib olinganliklarini qayd etgan Akar, ham Qirgʻiziston ham da Tojikistonda koʻrsatilgan mehmondoʻstlikdan qanchalik mamnun qolganini  bildirdi.

Afgʻonistondagi Hamid Karzai xalqaro aeroportining 6 yildan beri Turkiya tomonidan ishlatilayotganini ta’kidlagan Akar:

“Muhtaram Prezidentimiz NATO sammitida ifoda etdilar. Ba’zi shartlar va mavzular bor.  Bu boradagi niyatimizni yetkazdik. Ular ustidan kelishib olingudek boʻlsa unda qolishimiz mumkinligini aytdik. Bu ma’noda turli davlatlar bilan muzokaralarimiz davom etmoqda”. – dedi.

Akar:

«Aeroportning ochiq boʻlishi va ishlashi lozim. Biz bundan xabardormiz. Agar aeroportlar ishlamasa unda elchixonalar bekitiladi. Bunday holatda Afgʻoniston izolyatsiya qilingan davlatga aylanadi va xalqaro munosabatlar nuqtai nazaridan jiddiy muammolarga duch keladi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar