Erdo'g'an Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1667143
Erdo'g'an Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdo’g’an Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar tufayli Turkiya va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Prezidentlar xalqaro kun tartibidagi dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Turkiya va Turkmaniston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda bo’lib o‘tdi.



Aloqador xabarlar