Turkiya koronavirus sababli oltita davlat bilan aviaqatnovni to‘xtatadi

Turkiya koronavirusning yangi shtammlari tarqalayotgani sababli bir qator davlatlar bilan aviaqatnovni to‘xtatadi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.

1666517

“Bangladesh, Braziliya, Nepal, Hindiston, Shri-Lanka va JAR bilan aviaqatnovlar 1 iyuldan boshlab keyingi ko‘rsatmagacha to‘xtatiladi. Bu davlatlardan Turkiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar taqiqlanadi”, -deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanishicha, ushbu davlatlardan Turkiyaga kelayotgan fuqarolar mamlakatga kelishdan oldin 72 soat ichida topshirilgan manfiy PsR-test taqdim qilishlari lozim.

Tanlangan kalimalar: #aviaqatnov , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar