Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 50 ming doza vaksina yubordi

Vaksinalar Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga oid tez yordam samolyoti vositasida kecha, 21 iyun kuni oqshom Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Erjan aeroportiga yetkazildi.

1662459
Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 50 ming doza vaksina yubordi

 

Turkiya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 50 ming doza Sinovac vaksinasini yubordi.

Vaksinalar Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga oid tez yordam samolyoti vositasida kecha, 21 iyun kuni oqshom Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Erjan aeroportiga yetkazildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlari Turkiyadan keltirilgan vaksinalarni qabul qilib oldi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya shu kungacha Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga jami 290 ming doza vaksina yuborgan. Iyul oyi oxiriga qadar mamlakatga yuborilgan jami vaksinalar miqdorini 300 ming dozaga yetkazish rejalanmoqda.

Turkiya mamlakatga so’nggi marta 8 iyun kuni 50 ming doza, 17 iyun kuni esa 26 ming doza vaksinasini yuborgandi.

Eslatish joizki, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri Unal Ustel shu yilning iyul oyi oxirigacha Turkiyadan har hafta ma’lum bir miqdorda vaksina Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yetkazilishini va mamlakatda vaksinatsiya kampaniyasi boshlatilishini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar