Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri LIoyd Austin bilan muloqot qildi

Xabarga ko'ra, tomonlar muloqot chog'ida NATO sammitidan keyingi jarayonda mintaqaviy va ikki tomonlama mudofaa va xavfsizlik masalalari bo'yicha fikr almashgan.

1661396
Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri LIoyd Austin bilan muloqot qildi

 

Kecha, 19 iyun kuni Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan AQSh mudofaa vaziri LIoyd Austinning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, tomonlar muloqot chog'ida NATO sammitidan keyingi jarayonda mintaqaviy va ikki tomonlama mudofaa va xavfsizlik masalalari bo'yicha fikr almashgan.

Pentagon matbuot markazidan ma'lum qilinishicha,  LIoyd Austin va Hulusi Akar ikki davlat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda Afg'onistondagi diplomatik faoliyatlarning davom ettirilishi ustida to'xtalgan.

LIoyd Austin AQSh-Turkiya o'rtasida mudofaa sohasidagi azaliy munosabatlarning ahamiyatiga e'tibor qaratib, ikki davlat o'rtasida tinchlik va xavfsizlik masalalari bo'yicha yaqindan hamkorlik uchun Hulusi Akarga minnatdorlik bildirgani qayd etildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #LIoyd Austin , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar