Turkiya va Ozarbayjon o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari haqidagi deklaratsiya imzolandi

Tog‘li Qorabog‘ning Shusha shahrida ittifoqchilik munosabatlari haqidagi deklaratsiyaga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev imzo chekdi.

1658738
Turkiya va Ozarbayjon o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari haqidagi deklaratsiya imzolandi

 

Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida ittifoqchilik munosabatlari haqidagi deklaratsiya imzolandi.

Tog‘li Qorabog‘ning Shusha shahrida ittifoqchilik munosabatlari haqidagi deklaratsiyaga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev imzo chekdi.

 

Ilhom Aliyev ushbu hujjatning imzolanishini “tarixiy yutuq” deb atadi.

“Bugun tarixiy kun. Bugun Turkiya prezidenti, qardoshim Rajab Tayyip Erdo‘g‘anni dushman ishg’olidan ozod qilingan Shushada kutib oldik. Qardoshim Ozarbayjonda ko‘p bo‘lgan, biroq Shushaga birinchi marta kelishi. Bugun biz imzolagan ittifoqchilik haqidagi qo‘shma deklaratsiya munosabatlarimizni eng yuqori darajaga ko‘tarishga zamin yaratadi. Ushbu deklaratsiyaning barcha bandlari keyingi hamkorligimizning kafolati hisoblanadi”, -deb aytgan Ozarbayjon prezidenti.

Uning ta'kidlashicha, Ozarbayjon va Turkiya xalqaro maydonda eng yaqin qardosh davlatlar hisoblanadi, ularning tarixi, madaniyati, tili, dini, milliy qadriyatlari va manfaatlari bir.

Aliyevning so’zlariga ko’ra, Shusha deklaratsiyasining muhim bandlarini ikki davlatning harbiy sohadagi hamkorligi tashkil qiladi.

“Deklaratsiyada xalqaro darajadagi hamkorlik kabi muhim masalalar, jumladan siyosiy, iqtisodiy, savdo munosabatlari, madaniyat, ta'lim, sport, energetika, xavfsizlik, Janubiy tabiiy gaz yo‘lagi kabi muhim masalalar o’rin olgan.  Barcha masalalar muhim, lekin ulardan ikkitasiga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bu Ozarbayjon va Turkiyaning mudofaa sanoati sohasidagi hamkorligi va o‘zaro harbiy ko‘mak bo’yicha hamkorlik”, -deb ta'kidlagan Ilhom Aliyev.

Erdo‘g‘an o‘z navbatida, Shusha shahrida Turkiyaning bosh konsulxonasi ochilishini ma'lum qilgan.


Tanlangan kalimalar: #Shusha , #Erdo'g'an , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar