Siirtdagi terror hujmida xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘ldi

Siirtda PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar uyushtirgan hujumlar natijasida xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘lar ekan, yana biri tan jarohati oldi.

1655247
Siirtdagi terror hujmida xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘ldi

Turkiyaning Siirt viloyatining Pervari tumanida PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlarning uzun stvolli qurollar orqali uyushtirgan hujumlari natijasida xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘lar ekan, yana biri tan jarohati oldi.

Siirt shahar hokimligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Pervari tumani Jandarmeriya qo‘mondonligi mas’uliyati ostidagi hududda joylashgan Dog‘an qishlog‘i Deg‘irmentashi bazasiga qarshi PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan uzun stvolli qurollar orqali hujum qilingan.

Hujum oqibatida bazada ishlagan xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘lar ekan, yana biri tan jarohati olgan.

Tan jarohati olgan qo‘riqchi, Siirtdagi kasalxonaga yotqizildi.

Mintaqada terroristlarga qarshi yo‘lga qo‘yilgan amaliyotlar davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Siirt , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar