Turkiya Shimoliy Makedoniyaga 30 ming doza vaksina yubordi

"Shimoliy Makedoniyaga yuborilgan vaksina uchun Turkiya Respublikasiga va prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga yana bir bor cheksiz minnatdorlik bildirmoqchiman”,-dedi Shimoliy Makedoniya sog’liqni saqlash vaziri Facebook’dagi rasmiy sahifasida.

1655300
Turkiya Shimoliy Makedoniyaga 30 ming doza vaksina yubordi

 

Turkiya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida Shimoliy Makedoniyaga 30 ming doza Sinovac vaksinasini yubordi.

Shimoliy Makedoniya sog’liqni saqlash vaziri Venko Filipche Facebook’dagi rasmiy sahifasida Turkiyadan beg’araz yordam qatorida yuborilgan vaksinalarning fotosuratlarini namoyish qildi.

“Do’st davlat Turkiyadan yuborilgan 30 ming doza Sinovac vaksinasi mamlakatimizga yetib keldi. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida Shimoliy Makedoniyaga yuborilgan vaksina uchun Turkiya Respublikasiga va prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga yana bir bor cheksiz minnatdorlik bildirmoqchiman”,-deb ma’lum qilgan Shimoliy Makedoniya sog’liqni saqlash vaziri.

Vazirning ta’kidlashicha, ushbu vaksinalar tez vaqt ichida mamlakat miqyosida faoliyat ko’rsatayotgan koronavirusga qarshi emlash markazlariga tarqatiladi.

Eslatish joizki, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 5 iyun kuni Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev va sog’liqni saqlash vaziri Venko Filipcheni Istanbulda qabul qilgandi.

Erdo’g’an uchrashuv chog’ida Shimoliy Makedoniyaga beg’araz yordam qatorida 30 ming doza Sinovac vaksinasi yuborishga va’da bergandi.


Tanlangan kalimalar: #Sinovac , #vaksina , #Turkiya , #Shimoliy Makedoniya

Aloqador xabarlar