Prezident Erdo‘g‘an Sadir Japarovni rasmiy marosim bilan kutib oldi

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaga tashrif uyushtirgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1654849
Prezident Erdo‘g‘an Sadir Japarovni rasmiy marosim bilan kutib oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaga tashrif uyushtirgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni poytaxt Anqarada rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Japarov kelgan xizmat mashinasini Prezidentlik kulliyasi oldidagi ko‘chada kutib olgan otliq askarlar, Prezident Japarovga kirish darvozasigacha hamrohlik qildi.

Kuchli yomg‘ir ostida o‘tgan marosimda Prezident Erdo‘g‘an Japarovni kiraverishda kutib oldi.

Erdo‘g‘an va Japarovning marosim maydonidagi o‘z o‘rinlarini egallashlari ortidan, ikkala mamlakatning milliy madhiyalari yangradi va 21 marotaba to‘p otildi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tar ekan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov faxriy qorovul safini “Merhaba asker” deb salomladi.

Marosimda tarixda qurilgan 16 ta Turk davlatining ramzi hisoblangan bayroqlar bilan askarlar ham o‘rin oldi.

So‘ng ikkala mamlakat hay’atlarining taqdimi ortidan Erdo‘g‘an bilan Japarov, narvonlarda Turkiya va Qirg‘iziston bayroqlari oldida suratga tushdi.

Marosimda vitse - prezident Fuat O‘ktay, Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, G‘aznachilik va moliya vaziri Lutfi Elvan, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy va Savdo vaziri Mehmet Mush bilan Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun va Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham ishtirok etdi.

Japarovga hamrohlik qilgan yuqori darajadagi delegatsiyada esa qizg‘iz vazirlar bilan harbiy vakillar o‘rin oldi.

Marosim ortidan Erdo‘g‘an va Japarov o‘zaro uchrashuvga o‘tdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar