TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1649291
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning Edirna shahridan noqonuniy yo‘llar orqali Gretsiyaga o‘tishga uringan 5 kishi qo‘lga olindi. Ulardan 2 nafarining PKK terror tashkiloti a’zosi ekani aniqlandi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MSB) Twitter hisobi orqali ushbu mavzu bo‘yicha bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra Edirna chegarasida noqonuniy yo‘llar orqali Gretsiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan 5 kishi qo‘lga olingan. Ulardan 2 nafarining PKK terror tashkiloti a’zosi ekani aniqlangan.

Iroq shimolidagi Gara mintaqasida 5, Zab mintaqasida 3, Suriyadagi Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirishga harakat qilgan 2 terrorist yo‘q qilindi.

Shunday qilib kecha kun davomida yo‘q qilingan terrorchilar soni 10 nafar deb qayd etilgandi. Yuqorida nomi tilga olingan 2 nafar PKK terror tashkiloti bilan bu raqam 12 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar