Prezident Erdo‘g‘an Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqini tabrikladi
Erdo‘g‘an 1918 - yilning 28 - mayi kuni e’lon qilingan Ozarbayjon respublikasining 103 - yilligi munosabati bilan Aliyevga tabrik yo‘lladi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni Ozarbayjon Respublikasi kuni bilan tabrikladi.
Ozarbayjon Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Erdo‘g‘an 1918 - yilning 28 - mayi kuni e’lon qilingan respublikaning 103 - yilligi munosabati bilan Aliyevga tabrik yo‘lladi.
Turk xalqi va shaxsi nomidan Aliyev va Ozarbayjon xalqiga tabriklarini yetkazgan Erdo‘g‘an unda:
“Qardosh Ozarbayjon, bu yilgi Respublika kunini Vatan urushidagi adolatli g‘alabasining faxri bilan bezadi. Turkiya ham, ‘Qayg‘usini o‘z qayg‘usidek’ qabul qilgan Ozarbayjonning ushbu baxtiga sherikdir.” - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Erdo‘g‘an, mukammal darajadagi strategik munosabatlarni “bir millat, ikki davlat” ruhi bilan yana - da mustahkamlash yo‘lidagi o‘zaro irodadan judayam mamnun ekanini bildirdi.
Birodarlik va hamkorlikning mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va farovonlikning eng katta kafolati ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:
“Shu fursatdan foydalanib shaxsingizga sihat - salomatlik tilab, do‘st va qardosh Ozarbayjon xalqiga porloq kelajak va barqaror farovonlik uchun yana bir bor eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman.” - dedi.