Chavusho‘g‘lu BMT majlisida Isroil ig‘vogarchiligining sababiga e’tibor qaratdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi tomonidan uyushtirilgan va Falastinga atalgan maxsus majlisida ishtirok etdi.

1646905
Chavusho‘g‘lu BMT majlisida Isroil ig‘vogarchiligining sababiga e’tibor qaratdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Isroil ig‘vogarchiligining sistematik tarzda etnik, diniy va madaniy tozalash kapmaniyasining bir bo‘lagi ekanini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi tomonidan uyushtirilgan va Falastinga atalgan maxsus majlisida ishtirok etdi.

Isroilning falastinliklar va Al - Aqsa masjidiga qarshi uyushtirgan hujumlariga to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu:

“(Isroilning hujumlari) Bu ig‘vogarchiliklar sistematik tarzda etnik, diniy va madaniy tozalash kapmaniyasining bir bo‘lagidir”. - dedi.  

“Isroilning jazosiz qolmasligi uchun samarali vositalar topishimiz lozim”. - degan Chavusho‘g‘lu, “G‘azodagi g‘ayriinsoniy blokada uchun hech qanday haqli sabab yo‘q. Bu umumiy jazolantirishlarning darhol to‘xtatilishi kerak”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar