Turkiya uchuvchisiz urush uchog‘ini 2023 - yili uchirishni rejalashtirmoqda

Turkiya uchuvchisiz urush uchog‘ini 2023 - yili o‘z samolarida uchirishni rejalashtirmoqda.

1646036
Turkiya uchuvchisiz urush uchog‘ini 2023 - yili uchirishni rejalashtirmoqda

Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an,

“Uchuvchisiz urush uchog‘imizni 2023 - yili samolarimizda uchirishni rejalashtirmoqdamiz." dedi.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdo‘g‘an partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi guruh yig‘ilishidagi nutqida,

“Bugungi kunda Turkiya bilan birgalikda dunyoning to‘rt boshqa davlatida 180 dona Bayraktar uchuvchisiz havo vositasi faoliyat olib bormoqda”. - dedi.

Turkiya tomonidan Polshaga eksport qilinadigan qurolli uchuvchisiz havo vositalari haqida esa Prezident Erdo‘g‘an,

“Ushbu kelishuv Turkiyaning NATO va Yevropa ittifoqiga a’zo bir davlatga  sotadigan birinchi yuqori texnologiyali uchuvchisiz havo vositasi bo‘lishi nuqtai nazaridan ham alohida ahamiyat kasb etadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar