Erdo‘g‘an Isroilga qurol sotayotgan Baydenni tanqid qildi

Isroil va AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilindi.

1641041
Erdo‘g‘an Isroilga qurol sotayotgan Baydenni tanqid qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Jo Baydenni Isroilga 735 mln dollarlik qurol sotayotgani uchun tanqid qildi.

"Janob Bayden, afsuski, qonga botgan qo‘llaringiz bilan tarix yozyapsiz. Bu so‘zlarni aytishga majbur qildingiz. Falastin zamini qon bilan yuvilmoqda. Siz bunga ko'mak beryabsiz", – dedi Erdo'g'an Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

"AQSh 2017 yil oxirida Quddusni Isroil poytaxti deb e'lon qildi. Bu qotil davlatning ishtaxasini yanada ochib yubordi. Ular 5-6 yoshdagi go'daklarni, ayollarni, keksa insonlarni o'ldiradiganchalik vahshiy qotil",-deb qo'shimcha qilgan Erdo'g'an.

Avvalroq, Isroil va AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilindi.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, shartnoma qiymati 735 mln dollarni tashkil etadi. Bugun, 17 may kuni AQSh prezidenti Jo Bayden shartnomani ma'qullagan.

"Isroil AQShdan birinchi navbatda o‘ta aniqlikdagi raketalar va maxsus aslahalar sotib oladi",-deyilgan xabarda.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Jo Bayden , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar