Fuat O'ktay O'zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov bilan muloqot qildi

Muloqotda Turkiya-O'zbekiston Qo'shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazish vaqti va kun tartibiga kiritilgan masalalar tafsiloti ko'rib chiqildi.

1638111
Fuat O'ktay O'zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov bilan muloqot qildi

 

Bugun, 11 may kuni Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar ikki davlat hukumatlari tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklov choralarning iqtisodiyot turli sohalari barqaror rivojlanishiga ko‘rsatayotgan salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha tadbirlarni, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston tomoni COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurashda Turkiya strategiyasining yuqori samaradorligini taʼkidladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalarida ikki tomonlama sheriklikning yuqori darajasi, mamlakatlar manfaatlariga mos keladigan barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik ko‘lami yuqori surʼatlar bilan o‘sib borayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, ma'danchilik, transport-tranzit, turizm, aviatsiya va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha hamkorlikdagi faoliyatlar muhokama qilindi. Qolaversa, Turkiya-O'zbekiston Qo'shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazish vaqti va kun tartibiga kiritilgan masalalar tafsiloti ko'rib chiqildi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar