Erdo‘g‘an: “Turkka, turk xalqiga qatliom degan nohaq ayblovlarni yopishtirolmaysiz”.

Prezident Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

1628781
Erdo‘g‘an: “Turkka, turk xalqiga qatliom degan nohaq ayblovlarni yopishtirolmaysiz”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Baydenning bir asrdan ko‘proq vaqt oldin (1915) yuz bergan voqealar haqida asossiz va haqiqatga zid ifodalar ishlatganini qayd etgan holda,

“Turkka, turk xalqiga qatliom degan nohaq ayblovlarini yopishtirolmaysiz”. - dedi.

 Prezident Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

24 - aprel kuni Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealarni “qatliom” deb baholashiga e’tiroz bildirgan Erdo‘g‘an,

“(Bu ifodaga) Radikal arman atrof - muhit va Turkiyaga qarshi guruhlarning bosimi orqali o‘rin berildi degan fikrdamiz”. - deya gapirdi.

Baydenning bir asrdan ko‘proq vaqt oldin (1915) yuz bergan voqealar haqida asossiz va haqiqatga zid ifodalar ishlatganini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Agar AQSh bilan Yevropa biz bilan tarix ustidan yorishadigan bo‘lsa unda ular insonlar oldiga chiqolmaydigan ahvolda qoladi. Buni biz emas yevropalik tarixchilar aytyapdi. Qatliom der ekansiz avval o‘zingizni bir oynaga tutib, basharangizga qarab ko‘ring”. - dedi.

“O‘smoniy arman aholisini boshqa tomon yubormadi, tuproqlarida o‘rin almashtirdi. (Ularga) bir hafta muddat berar ekan uzrli bo‘lganlar bundan ozod etilgan”. - degan ma’lumotga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an,

“Ko‘chish shartlariga amal qiluvchi armanlar soni hatto AQShning hisobotida ham eng ko‘p 600 ming deb qayd etilgan lekin haqiqiy raqam bundan ham kamdir”. - deya gapirdi.

Prezident (u davrda) ko‘pchilik joylarda armanlar tomonidan qatl qilingan turklarga oid ommaviy qabrlar borligi lekin hech qayerda armanlarga oid ommaviy qabrga duch kelinmaganini ham ta’kidladi.

Erdo‘g‘an bu borada shuningdek,

”24 - aprel kuni insoniy fojia jihatidan hech narsa bo‘lmadi. 1915 - yilning 24 - apreli kuni O‘smoniy davlatiga qarshi faoliyat olib borgan tashkilotlar bekitilib, uning 235 yetakchisi nazorat ostiga olingan kundir. Arman to‘dalari Turk Qurolli kuchlari yoki shahidlarini himoya qilgan harbiy bo‘lmagan qurolli kuchlari bilan to‘qnashib, himoyasiz insonlarni qatl etdi. Haqiqatlarning hammasi ochiq - oydin oshkor ekan turkka, turk xalqiga qatliom degan nohaq ayblovlarni yopishtirolmaysiz”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an,

Tarixdagi voqealarning izlashtirilishi va haqiqatlarni kun yuzasiga olib chiqish ishi tarixchilarga qo‘yib berilishi lozim, siyosatchilarga emas. Yillar davomida aytib kelingan arman iddiolari borasida mushtarak tarix komissiyasi tashkil etilishi haqidagi taklifimizga haligacha javob ololmadik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar