Erdo‘g‘an Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha uyushtirilgan sammitda ishtirok etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha uyushtirilgan sammitda ishtirok etadi.

1626014
Erdo‘g‘an Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha uyushtirilgan sammitda ishtirok etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha online tarzda uyushtirilgan sammitda ishtirok etadi.

Ushbu sammit Amerika Qo‘shma Shtatalari (AQSh) Davlat rahbari Jo Bayden yetakchligida bugunga rejalashtirilgan. Sammitda ishtirok etishlari uchun Jo Bayden 26 - mart kuni dunyoning 40 davlati rahbari bilan Yevropa ittifoqini taklif qilgandi.

AQSh Davlat kotibligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha kelasi 10 yilda uglerod emissiyasining kamaytirilishi, iqlim faoliyatlarining iqtisodiy foydalari, transformatsiya texnologiyalari va global miqyosda iqlim o‘zgarishi masalalari ustidan mehnat qilgan nodavlat aktyorlarning tanitilishiga e’tibor berilishi ifoda etildi.

Sammitga Prezident Erdo‘g‘andan tashqari Xitoy Davlat Rahbari Si Szinpin, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk ham ishtirok etadi.

Prezident Erdo‘g‘an birinchi majlisda ishtirok etadi. AQSh Davlat rahbari Bayden bilan vitse - prezident Kamala Xarris esa sammitni ochib beradi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Iqlim o‘zgarishi

Aloqador xabarlar