Ersin Tatar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi

Prezidentlar Kipr Turk tomonining Turkiya bilan birgalikda Shveysariyaning Jeneva shahrida olib boradigan yangi siyosatini muhokama qiladi.

1626116
Ersin Tatar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar 26 aprel kuni Anqarada Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi.

Ersin Tatar Vazirlar kengashi yig’ilishi davom etar ekan, bu haqda bayonot berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, 27-29 aprel kunlari BMT va kafolatchi davlatlar Turkiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya ishtirokida o’tkaziladigan 5+BM formatidagi norasmiy anjuman oldidan 26 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi. Mazkur anjuman Kipr masalasiga bag’ishlanadi.

“Kipr Turk tomoni Turkiya bilan birgalikda Shveysariyaning Jeneva shahrida olib boradigan yangi siyosati, ya’ni mustaqil tenglikka asoslangan yonma-yon yashaydigan ikki davlatning yechim izlanuvlari muhokama qilinadi”,-deydi Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar.



Aloqador xabarlar