Chavusho‘g‘lu: “Rossiyaning aviaqatnovlarini to‘xtatish haqidagi qarori siyosiy emas”.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Rossiyaning Turkiyaga bo‘lgan aviaqatnovlarini nima uchun to‘xtatganini ma’lum qildi.

1620867
Chavusho‘g‘lu: “Rossiyaning aviaqatnovlarini to‘xtatish haqidagi qarori siyosiy emas”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Rossiyaning Turkiyaga bo‘lgan aviaqatnovlarini to‘xtatish haqidagi qarorining, siyosiy emasligini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada jurnalistlarga bergan bayonotida, Anqara - Moskva o‘rtasida hamkorlik muzokaralarining boshlaganini belgilab o‘tgan holda, aviaqatnovlarni cheklash haqidagi qarorda hech qanday siyosiy ma’no yo‘qligi va buning butunlay sog‘likni saqlash yuzasidan qabul qilingan qaror ekanini ta’kidladi.

Germaniya bilan (turizm tarmog‘ida) o‘tgan yili yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning Rossiya bilan ham yo‘lga qo‘yish istagida ekanliklarini kerakli tomonga yetkazganliklarini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, shu doirada Rossiyadan bir hay’atning sog‘likni saqlash tarmog‘idagi tartibni o‘z o‘rnida ko‘rish uchun Turkiyaga tashrif uyushtirishlarini bildirdi.



Aloqador xabarlar