Turkiyaning AQShdagi elchisi Pfizer kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Pfizer kompaniyasining BioNTech bilan hamkorlikda ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksina bo’yicha faoliyatlari hamda Pfizer kompaniyasining Turkiyadagi investitsiya faoliyatlari haqida so’z yuritildi.

1617837
Turkiyaning AQShdagi elchisi Pfizer kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

 

Turkiyaning Vashingtondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Murat Merjan Nyu-Yorkda Pfizer kompaniyasi rahbari va kompaniyaning boshqaruv kengashi rahbari Albert Bourla bilan uchrashdi.

Turkiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Pfizer kompaniyasining BioNTech bilan hamkorlikda ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksina bo’yicha faoliyatlari hamda Pfizer kompaniyasining Turkiyadagi investitsiya faoliyatlari haqida so’z yuritildi.

Turkiya elchisi shuningdek, Nyu-Yorkda turk nodavlat tashkilotlari rahbarlari va turk jamiyati vakillari bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv ishtirokchilari AQShda Turkiya Respublikasining elchisi sifatida yangi ish boshlagan Hasan Murat Merjanga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, elchiga yangi mas’uliyatli vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an rahbarligida olib borilayotgan tashqi siyosat natijasida Turkiyaning xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorligi tobora kengayib borayotganligi qayd etildi.  Munosabatlarning bunday davom etishi ikki davlat iqtisodiyotining o’sishiga hamda ikki mamlakat xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Elchi Merjan Turkiya va AQSh o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga bor kuchi bilan g’ayrat qilishini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar