Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida vizasiz rejim davri boshladi

Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida ID kart orqali sayohat qilish davri bugun boshladi.

1612793
Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida vizasiz rejim davri boshladi

Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida ID kart orqali sayohat qilish davri bugun boshladi.

Ushbu ma’lumotni Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Twitter hisobi orqali, “TekMilletİkiDevlet” (Bir millat, ikki davlat) xeshtegi orqali bo‘lishdi.

Unda,

“Bugundan e’tiboran Jon Ozarbayjon bilan ID - karta orqali sahoyat qilish mumkin. Barcha to‘siqliklar olinar ekan qardoshligimiz yana - da mustahkam tus olmoqda. Yurttoshlarimiz va ozarbayjonlik qardoshlarimiz uchun xayrli bo‘lsin!” - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bugun kuchga kirgan ushbu vizasiz rejim orqali ikkala mamlakat fuqarolari, yangi turdagi ID - kartalari yordamida bir - birining mamlakatida 90 kun vizasiz, sayyoh sifatida qolish imkoniga ega.  

Vizasiz rejim asosida Ozarbayjon fuqarolarining Turkiyaga kirishida, Turk fuqarolarining esa Turkiyadan chiqishlarida ikki tilda “Kirish - Chiqish forumi”ga “Kirish - Chiqish muhri” bosib beriladi.

Har ikkala mamlakat fuqarolarining bu forumni Turkiya va Ozarbayjonda bo‘lgan davri mobaynida yonida olib yurishi va kirish - chiqishlari chog‘ida hujjati bilan birgalikda chegaradagi xodimlarga ko‘rsatishi lozim.

Yangi turdagi ID - kartalarining sayohat qilish hujjati sifatida foydalanishi faqatgina Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri sayohatlardagina mumkin. Uchinchi mamlakatlardan Turkiya yoki Ozarbayjonga kirishda pasport ko‘rsatish majburiyati davom etadi.

Yangi turdagi ID - kartalari orqali yashash uchun ruxsatnoma olish murojaatida foydalanilmas ekan Turkiya yoki Ozarbayjonda 90 kundan ortiq qolishni xohlagan fuqarolar, qolishni xohlagan muddatdan 60 kun ortiqcha foydalanish muddati tugamagan pasportlari orqali yashash uchun ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar