Mavlud Chavusho’g’li Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi

“Istanbulda o’tkaziladigan yig’ilish Afg’onistonda tinchlik jarayoniga qanday hissa qo’shishi haqida fikr almashdik. Afg’on qardoshlarimiz bilan hamkorligimizni davom ettiramiz”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li twitterda.

1611634
Mavlud Chavusho’g’li Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Dushanbe shahrida Tojikiston va Afg’oniston yetakchiligida bo’lib o’tgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasi doirasida Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi.

Mavlud Chavusho’g’li bu haqda twitterda ma’lum qildi.

U shuningdek, aprel oyida Istanbulda Afg’onistonda tinchlik jarayoniga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilishini eslatib o’tdi.

“Istanbulda o’tkaziladigan yig’ilish Afg’onistonda tinchlik jarayoniga qanday hissa qo’shishi haqida fikr almashdik. Afg’on qardoshlarimiz bilan hamkorligimizni davom ettiramiz”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li twitterda.



Aloqador xabarlar