Chavushog’li:"Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda mintaqaviy hamkorlik katta ahamiyatga ega"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun Dushanbe shahrida Tojikiston va Afg’oniston yetakchiligida bo’lib o’tayotgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasida ma'ruza qildi.

1611263
Chavushog’li:"Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda mintaqaviy hamkorlik katta ahamiyatga ega"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 30 mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston va Afg’oniston yetakchiligida bo’lib o’tayotgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasida ishtirok etdi.

Mavlud Chavusho’g’li tadbirda so’zlagan nutqida Afg’onistonda siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun keng ko’lamli sulh bitimiga zarurat borligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, Afg’onistonda xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik o’rnatish barcha uchun o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

"Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni" Afg‘oniston va Turkiyaning qo‘shma tashabbusi bo‘lib, uning birinchi konferensiyasi 2011 yil 2 noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tganini eslatgan Mavlud Chavusho’g’li: “Osiyoning yuragi – Istanbul jarayoni” tashabbusidan ko‘zda tutilgan maqsadlardan biri Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishdir. Bu tashabbusga 2011-yilda asos solingan bo‘lib, u Afg‘oniston va qo‘shni davlatlar o‘rtasida xavfsizlik, siyosat va iqtisod bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun maydon hisoblanadi. Buning Afg’onistonga bag’ishlangan keng ko’lamli platforumga aylanganidan faxrlanamiz. Mintaqamiz muammolari faqatgina o’zaro mintaqaviy hamkorlik va o’zligini asrash ruhi bilangina hal qilinishi mumkin. Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishda mintaqaviy hamkorlik katta ahamiyatga ega”,-dedi.

O’tgan yili Dohada AQSh bilan Tolibon vakillari o’rtasida imzolangan kelishuv Afg’onistondagi tinchlik jarayonida muhim ro’l o’ynadi, biroq mamlakatdagi to’qnashuvlarni batamom oldini olishga qurbi yetmadi.

“Keng ko’lamli siyosiy yechim topish uchun mustahkam sulh bitimiga ehtiyoj bor”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Vazirning ta’kidlashicha, bugungacha mamlakatda tinchlik o’rnatish yo’lida tashlangan qadamlar yetarli bo’lmasa-da, birgina chora barcha bu jarayonga to’liq hissa qo’shishi kerak.

“Bu tushuncha bilan Afg’oniston tomonining talablari inobatga olingan holda Doha muzokaralarini samarali yakunlash va jonlantirish uchun Turkiyada oliy darajali yig’ilishga mezbonlik qilamiz. Umid qilamanki, Istanbulda o’tkaziladigan yig’ilish Afg’onistonda tinchlik o’rnatish yo’lidagi sa’y-harakatlarga katta hissa qo’shadi. Buni amalga oshirish uchun barchangizning yordamini kutib qolamiz”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Turkiya qardosh Afg’onistonda tinchlik, barqarorlik va farovonlik o’rnatish uchun "Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni" va boshqa har qanday platforumlarda astoydil ishtirok etishni davom ettiradi.



Aloqador xabarlar