Turkiyada Covid - 19 ga qarshi yo‘lga qo‘yilgan choralar takror ko‘rib chiqildi

Turkiyada Covid - 19 ga qarshi yo‘lga qo‘yilgan choralar bugun takror ko‘rib chiqildi.

1610830
Turkiyada Covid - 19 ga qarshi yo‘lga qo‘yilgan choralar takror ko‘rib chiqildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

Unda yangi turdagi koronavirusga (Covid - 19) ga qarshi ko‘rilgan chora - tadbirlarning mamlakatdagi oxirgi vaziyatiga to‘xtaldi va bu haqida:

“Holat, bemor va vafot etganlar sonining ortishi bizni amaldagi qoidalarni takror ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.” - dedi.

Erdo‘g‘an shu doirada ko‘chaga chiqishni cheklash qoidasini takror mamlakatning har bir nuqtasida (mahalliy vaqt bilan soat) kechki 21:00 dan ertalabgi 05:00 gacha, o‘ta xavfli guruhdagi mamlakatning 58 shahrida esa haftaning har dam olish kunlari yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zini:

“Pandemiyaga qarshi ko‘rilgan chora va tadbirlar xususida hammaning politsiyasi o‘z vijdoni va aqli bo‘lishga majburdir”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar