Oxirgi 3 kunda PKK/ YPG ga a’zo 45 terrorist yo‘q qilindi

TQKning terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1605885
Oxirgi 3 kunda PKK/ YPG ga a’zo 45 terrorist yo‘q qilindi

Suriyadagi “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqada oxirgi 3 kunda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 35 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan mintaqaga qarshi hujum qilish tashabbusidagi PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist, qo‘mondonlarimiz tomonidan yo‘q qilindi. Bu orqali Turk Qurolli kuchlarimiz tomonidan oxirgi 3 kunda Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan mintaqada yo‘q qilingan PKK/ YPG terror tashkilotga a’zo terroristlar sonining jami 35 nafarni tashkil etdi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqada ham Uchuvchisiz havo vositalari orqali aniqlangan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 10 terrorist, qo‘mandonlar tomonidan yo‘q qilindi.



Aloqador xabarlar