Turkiya ichki ishlariga aralashishga uringanlarni mustaqil sud jarayonlarni hurmat qilishga chaqirdi

Tashqi Ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) deputatlikdan chetlatilgan O‘mer Faruk Gergerlio‘g‘lu haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

1603789
Turkiya ichki ishlariga aralashishga uringanlarni mustaqil sud jarayonlarni hurmat qilishga chaqirdi

Turkiya, nomuvofiq va ichki ishlariga aralashishga uringan muhitlarni mustaqil sudlar tomonidan olib borilgan jarayonlarni hurmat qilishga chaqirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) deputatlikdan chetlatilgan O‘mer Faruk Gergerlio‘g‘lu haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

AQSh Davlat kotibligi Matbuot xizmati kotibi Ned Prays kecha, “Turkiyada, Gergerlio‘g‘luning vakilligidan chetlatilishi kabi voqealarni yaqindan kuzatayorganliklari” haqida bayonot bergandi.

(Turk) Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida,

“Sud tomonidan aniq qarorga bog‘langan Gergerlio‘g‘lu deputatlikdan konstitutsiya va Turkiya Buyuk Millat Majlisining (TBMM) ichki protsedura qoidalariga muvofiq ravishda chetlatildi. Nomuvofiq va ichki ishlariga aralashishga uringan muhitlarni mustaqil sudlar tomonidan olib borilgan jarayonlarni hurmat qilishga chaqiramiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Jarayonning boshqa parlamentlarda ham ko‘rib chiqilganidek huquq qoidalarining yo‘lga qo‘yilishidan iboratligi, siyosiy partiyalarning, demokratik siyosiy hayotning voz kechilmas unsurlaridan ekani ifoda etilgan bayonotda,

“Bu bilan birga faoliyatlarini universal va demokratik huquq qoidalari doirasida tinch yo‘llardan amalga oshirilashi eng asosiy vazifadir. Nomuvofiq va ichki ishlariga aralashishga uringan muhitlarni mustaqil sudlar tomonidan olib borilgan jarayonlarni hurmat qilishga chaqiramiz”. - deyildi.

 



Aloqador xabarlar