Erdo‘g‘an: “Har qanday yo‘lni sinab ko‘rdilar lekin xalqimizga tiz cho‘ktirolmadilar”.

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada Prezidentlik kulliyasida Davlatning maqtov medali bilan mukofatlash marosimida ishtirok etdi.

1603970
Erdo‘g‘an: “Har qanday yo‘lni sinab ko‘rdilar lekin xalqimizga tiz cho‘ktirolmadilar”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,  

“Terrordan to‘ntarishgacha har qanday yo‘lni sinab ko‘rdilar lekin xalqimizga tiz cho‘ktirolmadilar. Kelajakda ham bu kirli amallarga erisholmaydilar”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada Prezidentlik kulliyasida Davlatning maqtov medali bilan mukofatlash marosimida ishtirok etdi.

Erdo‘g‘an, terrorga qarshi kurash masalasida,

“Biz bu kurashda sal bosh kelsak Sevrdan battar shartlar bilan tikiladi qarshimizga”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Biz bergan har bir shahid, har bir g‘oziy mustaqillik va istiqbolimizni ro‘yhatdan o‘tkazish ramzi bo‘lgan muhurlardir”. - deya gapirdi.  

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Saljuqiylar ham, O‘smoniy davlati ham tashqi hujumlarga qaraganda ko‘proq ichkaridagi bo‘linishlar yuzasidan qulagan. Hanuz 100 - yil ham to‘lmagan bugungi davlatimiz ayni oqibatga duchor bo‘lishiga ruxsat bermaymiz” - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning kuchli bo‘lishga majbur ekanini yodga solgan Erdo‘g‘an, buning manbaaining xalq birligi, birdamligi va qardoshligi ekanini ifoda etdi.

O‘z so‘zida Chanoqqal’a g‘alabasining 106 - yilligi ekanini ham eslatib o‘tgan Prezident,

“Chanoqqal’ada bir dona hilol uchun ko‘plab quyoshimizdan ajradik lekin buning evaziga mustaqilligimiz va kelajagimizni qutqarib qoldik. Chanoqqal’a urushlari mustaqillik harbimizning kirishi bo‘lishi jihatidan alohida o‘ringa egadir. Chanoqqal’ada ana shu tarixiy g‘alabaga erishilmaganida edi buyuk falokatga duchor bo‘lardik”. - dedi.

 

 



Aloqador xabarlar