Chavusho‘g‘lu Misr bilan diplomatik saviyadagi aloqalarning boshlaganini bildirdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkmaniston bilan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston ila davom etgan tashriflarini Qatarda tugatdi. Chavusho‘g‘lu Turkiyaga qaytar chog‘ida Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi savollariga javob berdi.

1600046
Chavusho‘g‘lu Misr bilan diplomatik saviyadagi aloqalarning boshlaganini bildirdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Misr bilan diplomatik saviyadagi aloqalarning boshlaganini bildirdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkmaniston bilan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston ila davom etgan tashriflarini Qatarda tugatdi. Chavusho‘g‘lu Turkiyaga qaytar chog‘ida Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi savollariga javob berdi.

Turkiya bilan Misr o‘rtasida diplomatik saviyadagi aloqalarning boshlaganini ma’lum qilgan Chavusho‘g‘lu, ikki tomondan ham oldindan hech qanday shart qo‘yilmaganini ifoda etdi.

“Misr bilan ham razvedka ham da diplomatik darajada aloqamiz bor”. – degan Cahvusho‘g‘lu, yaqinda bu ikkala tarmoqda uchrashuvlar amalga oshirilisihini ma’lum qildi.

Qatar poytaxti Dohada Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov va qatarlik kasbdoshi Shayx Muhammad bin Abdurahmon al – Taniy bilan bo‘lgan uchrashuvlariga ham to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu,

“Ayniqsa sohadagi (Suriya) insoniy vaziyat oldida Qatarning yana – da konkret qadamlar tashlash niyatida ekanini ko‘rdik va buni vazirlar bo‘lib amalga oshirish haqida qaror qabul qildik”. – dedi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) yetakchiligi bilan bo‘lgan uchrashuvlarga ham to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu, bu haqida S – 400 zenit raketa tizimlari borasida Girit rusumining qo‘lga olinmaganini ta’kidladi.

Chavusho‘g‘lu saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyati ortidan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari bilan taranglashgan munosabatlarning ham ijobiy tusdagi xabarlar orqali tiklana boshlaganiga ishora qildi.

Chavusho‘g‘lu,

“Ko‘proq Abu Dabidan ijobiy tusda ishorat kuzatyapmiz. Turkiyaga qarshi salbiy tusdagi qadamlar kamaygandek. Bular bilan hech qanday dardimiz yo‘q lekin ularning bizga nisbatan salbiy tusda munosabatlari bor edi. Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarimizning qayta tiklanmasligi uchun hech qanday sabab yo‘q. Ijobiy tusda qadamlar tashlagudek bo‘lsa unda biz ham tashlaymiz. Bu vaziyat BAAga ham tegishli”. – deya gapirdi.  

Afg‘onistonda hukumat bilan Tolibon o‘rtasida boshlagan muzokaralarga ham to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu,

“Afg‘oniston tinchlik jarayoni yig‘ilishini aprel oyida (Istanbulda) o‘tkazishni rejalashtiryapmiz”. – dedi.

Chavusho‘g‘lu, Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Vang Yining mintaqa safari doirasida Turkiyaga tashrif buyurishini ma’lum qilgan holda,

“Yigirma beshida (mart) Turkiyaga tashrif uyushtirmoqchi ekanliklarini aytdilar. Tashrif kun tartibida o‘zaro munosabatlar, mintaqaviy masalalar bor. Osiyo, Yevroosiyoni qiziqtirgan mavzular bor. Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurash, kun tartibidagi barcha mavzular qo‘lga olinadi”. – deya gapirdi.

Yevropa ittifoqi (EI) kengashi Prezidenti Charlz Mishel bilan Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlari masalasida bir yo‘l xaritasi ustida faoliyat yuritish haqida qaror qabul qilganliklarini yodga solgan Chavusho‘g‘u, ularga taklif yuborilgani va bugungi kunda javob kutayotganliklarini qayd etdi.

Kipr masalasiga ham to‘xtalgan Chavush‘g‘lu,

“Muzokara boshlasa Yevropa ittifoqi yana kuzatuvchi bo‘ladi”. – dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mevlut Chavusho‘g‘lu , #Misr

Aloqador xabarlar