TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li bugun Qatarga safar qiladi

Mavlud Chavusho‘g‘lining mamlakatga tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi eng muhim masalalar, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

1598510
TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li bugun Qatarga safar qiladi

 

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ikki kunlik rasmiy tashrif munosabati bilan bugun, 10-mart kuni Qatarga safar qiladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Mavlud Chavusho‘g‘lining mamlakatga tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi eng muhim masalalar, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, dolzarb mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar haqida fikr almashiladi.

Suriyadagi mavjud vaziyat va siyosiy jarayonning bugungi holati ham uchrashuv kun tartibidan joy olgan.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar