Chavusho‘g‘lu: “Ayollarga qarshi zo‘rovonlik, insonlikka qarshi qo‘l urilgan jinoyatdir”.

Mevlut Chavusho‘g‘lu ijtimoiy tarmoq orqali, 8 - mart Xalqaro xotin - qizlar kuni haqida post qoldirdi.

1597297
Chavusho‘g‘lu: “Ayollarga qarshi zo‘rovonlik, insonlikka qarshi qo‘l urilgan jinoyatdir”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, sevgi va fidokorlik ramzi bo‘lgan barcha ayollarning “Xalqaro xotin - qizlar kuni”ni tabrikladi.  

Mevlut Chavusho‘g‘lu ijtimoiy tarmoq orqali, 8 - mart Xalqaro xotin - qizlar kuni haqida post qoldirdi.

Chavusho‘g‘lu unda,

“Sevgi va fidokorlikning ramzi bo‘lgan barcha ayollarimizni chin qalbimdan tabriklayman. Bir kun emas, har kuni Xalqaro xotin - qizlar kuni! Ayollarga qarshi zo‘rovonlik, insonlikka qarshi qo‘l urilgan jinoyatdir. Bu zo‘rovonlikni birgalikda to‘xtatamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turk xalqi va madaniyatidagi ayolning kuchli o‘rnining ish hayotiga ham aks etganini va ayollarning har bir tarmoqda yetakchilik o‘rinlarda borgan - sari ortganini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu,

“Ayollardan 66 elchimiz va 12 bosh konsulimizning davlatimiz uchun dunyoning to‘rt burchagida faoliyat olib borayotgani bunga o‘rnakdir”. - dedi.

Tashqi Ishlar vazirligi ham Twitter orqali Filiz Dinchmenning 1982 - yili birinchi ayol elchi sifatida tayin qilinishi ortidan vazirlikdagi ayol elchilar sonidagi ortish haqidagi ma’lumotni bo‘lishdi.

Unda vazirlikning markaziy va tashqi vakolatxonalarida faoliyat olib borgan 6 ming 870 personalning 2 ming 554 nafari ayollardan iboratligi ham qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar