Turkiya Ekvatorial Gvineya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi
“Ekvatorial Gvineyaning eng yirik shahri Batadagi harbiy bazada portlashlar sodir bo’lganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu noxush voqea munosabati bilan Ekvatorial Gvineya xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz",-deyiladi ta’ziya maktubida.
Turkiya Ekvatorial Gvineyada sodir bo’lgan portlashlar tufayli ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Ekvatorial Gvineyaning eng yirik shahri Batadagi harbiy bazada portlashlar sodir bo’lganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu noxush voqea munosabati bilan Ekvatorial Gvineya xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Halok bo’lganlarning oilalariga sabr-bardosh tilaymiz. Yaradorlarga shifo so’raymiz”,-deyiladi ta’ziya maktubida.
Ekvatorial Gvineya sog’liqni saqlash vaziri Guinea Salud kecha, 7 mart kuni Ekvatorial Gvineyaning eng yirik shahri Batada joylashgan harbiy bazada ketma-ket vayronkor portlashlar ro’y berganligini va portlashlar oqibatida 17 kishi halok bo’lganligini hamda 420 kishi jarohatlanganligini ma’lum qilgandi.
Aloqador xabarlar
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 7 davlatning elchilarini qabul qildi
Prezident Erdog’an, elchilar bilan esdalik surati tushdi.Erdog’an keyinroq elchilarni qabul qildi.