Fahriddin Ko'ja:"Turkiyada 1.5 mln kishi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi"

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat bo'ylab 8 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi.

1565354
Fahriddin Ko'ja:"Turkiyada 1.5 mln kishi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi"

 

Turkiyada koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar o’z samarasini bermoqda. Kunlik virusga chalinish holati tobora pasayib bormoqda. Shu kungacha mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning 80 foizi sog’aydi. Dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soati davom etmoqda.

Turkiyada 25 fevral soat 20:00 holatiga ko’ra, 73 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo'ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 28 ming 358 nafarga yetdi.

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ayni vaqtda so'nggi bir kunda 126 ming 527 kishi koronavirus infektsiyasiga qarshi test qilindi. Ulardan 658 nafariga koronavirusdan kasallanish tashxisi qo'yildi. So'nggi bir kunda koronavirus bilan bog'liq 9572ta yangi holat qayd etildi.

Virus yuqtirib olgan bemorlardan yana 6210 nafari sog’aygan, shu bilan Turkiyada koronavirusdan sog’ayib ketganlarning umumiy soni 2 mln 546 ming 503 nafarni tashkil qilmoqda.

Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja: "Koronavirusga qarshi emlashda taxminan 1.5 mln kishi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi. Shu bilan bugungacha 8 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya kampaniyasining birinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibmiz",-dedi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar