Turkiya prezidenti Erdo’g’an Xo’jali qurbonlarini yodga oldi
“Bundan 29 yil muqaddam Xo’jalida vahshiylarcha qatl etilgan ozarbayjonlik qardoshlarimizni hurmat bilan yodga olaman!”,-dedi Turkiya prezidenti twitter orqali bayonotida.
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Xo’jali qirg’inining 29 yilligi munosabati bilan voqea qurbonlarini yodga oldi.
“Bundan 29 yil muqaddam Xo’jalida vahshiylarcha qatl etilgan ozarbayjonlik qardoshlarimizni hurmat bilan yodga olaman!”,-dedi Turkiya prezidenti twitter orqali bayonotida.
“Ko’p yillar o’tishiga qaramay, hamon qalbimizda bo’lgan, aslo unutilmagan Xo’jali qirg’inining 29 yilligida ayollar, bolalar, keksalar demasdan vahshiylarcha qatl etilgan 613 nafar ozarbayjonlik qardoshimizni hurmat bilan yodga olaman. Do’st va qardosh Ozarbayjon xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman. Biz bir millat – ikki davlatmiz. Turkiya ushbu haqli kurashida hamisha Ozarbayjon bilan birga!”,-dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.
Aloqador xabarlar
Numan Kurtulmush Kuba Xalq hokimiyati milliy majlisi raisi bilan uchrashdi
Uchrashuvda Turkiya-Kuba munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.