Hami Akso‘y: "Hech kim turk sudiga sud jarayoni ustidan buyruq berolmaydi".

Hami Akso‘y, Ned Praysning Turkiyada nazorat ostida ushlab turilgan O‘sman Kavalaning ozod etilishi kerakligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

1581657
Hami Akso‘y: "Hech kim turk sudiga sud jarayoni ustidan buyruq berolmaydi".

Turkiya, dunyoning hech qaysi davlati yoki hech kimning turk sudiga sud jarayoni ustidan buyruq berolmasligini qayd etdi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Akso‘y Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti vakili Ned Praysning Turkiyada nazorat ostida ushlab turilgan O‘sman Kavalaning ozod etilishi kerakligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Akso‘y bu haqida bergan bayonotida, ozod etilishi haqidagi taklifiga 2020 - yilning 28 - iyuli kuni javob berilganini yodga solgan holda, ayni mazmundagi bayonotning esa huquq davlati prinsibiga to‘g‘ri kelmasligini ifoda etdi.

Akso‘y, O‘sman Kavala ustidan mustaqil sudlar tomonidan olib borilgan sud jarayonlarining davom etgani va hammaning bu jarayonni hurmat qilisga majburligini ta’kidlagan holda,

“Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining Kavala qarori ijrosi, Yevropa kengashi hay’atlar qo‘mitasining inson huquqlari yig‘ilishida kuzatilmoqda. Hukumatimiz bu doirada kerakli ma’lumotlarni yetkazmoqda”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Akso‘y, Turk demokratiyasini to‘ntarishga uringan Fetullahchi terror tashkiloti to‘daboshining Turkiyaga qaytarilishi masalasidagi huquqiy jarayonni bahona qilib, bir mamlakatning huquqiy ishlariga aralashish say - harakatini, “printsipsiz va bir-biriga zid yo‘ndashuv” deb baholadi.

Hami Akso‘y shuningdek,

“Turkiya, huquq davlatidir. Dunyoning hech qaysi davlati yoki hech kim turk sudiga sud jarayoni ustidan buyruq berolmaydi”. - dedi.



Aloqador xabarlar